O‘zA O`zbek

19.09.2018 Chop etish versiyasi

Fargʻonada endi tadbirkorga hech kimgʻov boʻlmaydi

Fargʻona viloyatida ham hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi hamda hududiy guruh tashkil etildi.

Qaror va ijro

Tadbirkorlikni rivojlantirish va uning huquqiy himoyasini taʼminlash iqtisodiy islohotlarning asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Mamlakatimizda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, boʻsh turgan obyektlar, yer uchastkalari va boshqa infratuzilmalardan samarali va oqilona foydalanish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat hududiy guruh joylardagi muammolarni oʻrganish va ularni amaliy hal etish, tadbirkorlik subyektlarining istiqbolli loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqdi.

– Prezidentimizning 2018-yil 11-sentyabrdagi“Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida tashkil etilgan hududiy guruhga kelib tushgan 42 murojaatdan 22 tasi ijobiy yechim topdi, – deydi ishchi guruh aʼzosi, viloyat bojxona boshqarmasi boʻlim inspektori Azizbek Abduxoliqov. – Qolgan murojaatlar respublika miqyosida koʻrib chiqilishi va hal etilishi uchun tegishli vazirlik va idoralarga kiritildi.

Guruh tomonidan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturiga asosan kredit mablagʻi berilishi kechiktirilayotgan 6 nafar yosh tadbirkorga 1 milliard 258 million soʻm kredit ajratilishi taʼminlandi. Shuningdek, 12 nafar tadbirkorning tabiiy gaz, elektr tarmogʻi va suvoqova tizimlariga ulanishiga amaliy yordam soʻrab qilingan murojaati oʻrganib chiqilib, joyida hal etildi.

– Sport yoʻnalishida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etishharakatidaman, – deydi tadbirkor Shahnoza Madaliyeva. – Ammo kredit ajratishda resurs yoʻqligi uchun loyihani amalga oshira olmayotgan edim. Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha hududiy guruhga bu borada murojaat qildim vamasala ijobiy yechim topdi.

Ishchi guruh tomonidan Belarus Respublikasining “Konsern Brestmyasomolprom” kompaniyasi bilan viloyatda yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi. Shuningdek, joylarda tadbirkorlar ishtirokida muloqotlar tashkil etilmoqda. Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq muammoli masalalar, istiqbolli tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar oʻrganib chiqilmoqda. Salohiyatli investorlar bilan muzokaralar va uchrashuvlar oʻtkazish tadbirlari koʻrilmoqda.

Shu bilan birga, viloyatda 6 ming 250 ta foydalanilmayotgan boʻsh bino va inshoot aniqlanib, ularning 223 tasi elektron savdogachiqarish uchun maxsus dasturga kiritildi.

1 641
M.Sulaymonov, OʻzA