O‘zA O`zbek

24.09.2020 Chop etish versiyasi

Fargʻonada avtomaktab oʻqituvchisi pora bilan qoʻlga tushdi

Fargʻonada avtomaktab oʻqituvchisi pora bilan qoʻlga tushdi

Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidagi avtomaktab xodimi "Alisher” (ismi oʻzgartirilgan) fuqaro M.Adan “S” toifasidagi haydovchilik guvohnomasini tezlashtirib olib berish evaziga avtomaktab hisobiga 1 million 500 ming soʻm hamda YHXBda ishlovchi rahbarlar orqali hal etish uchun esa 100 AQSH dollari miqdorida pul talab qilgan.

Fuqaro M.A.ning arizasi asosida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “Alisher” M.A.dan talab qilgan pullarni olgan vaqtida ushlandi. Pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olindi.

Oʻrganish davomida “Alisher” ismli shaxs “Vodiy avto innovatsion maktab” oʻqituvchisi lavozimida ishlashi aniqlandi.

Shuningdek, uning xizmat xonasi koʻzdan kechirilganda 100 dan ziyod kollej oʻquvchilarining ism-shariflari shtrix orqali oʻzgartirilgan holdagi diplom va ilova nusxalari, boshqa hujjatlar mavjudligi aniqlanib, kelgusida tekshirib koʻrishlik uchun olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

742
M.SULAYMONOV, OʻzA