O‘zA O`zbek

02.07.2020 Chop etish versiyasi

Fargʻonacha atama: “Я и ты”, “Теремок”, “Молодец”...

Fargʻonacha atama: “Я и ты”, “Теремок”, “Молодец”...

Ona tilimizning sofligini asrash, mavqeini oshirish boʻyicha vaʼzxonlik qilamiz. Milliy oʻzligimiz timsoli deya bong urishga oʻrganib qoldik. Xoʻsh, amalda ham shundaymi? Aslida ona tiliga hurmatni oʻzimizdan, atrofimizdan boshlashimiz kerak emasmi? Koʻchalarni toʻldirib turgan ajnabiycha soʻzlar bilan yozilgan peshlavhalar, eʼlon va reklamalarga oʻrganib qoldik, parvo qilmayapmiz. Hatto kimlardir bu bilan faxrlanishadi. Uzoqqa bormaylik, Fargʻona viloyati markaziga bir sayohat qilib, bunga guvoh boʻlasiz.

Shaharning Sohibqiron Temur, B. Margʻinoniy koʻchalarini kezarkansiz, doʻkonlar, xizmat koʻrsatish majmualar peshtoqidagi yozuvlar, ularning nomlanishini koʻrib ensangiz qotadi. “Ya i tы”, “Teremok”, “Molodes”, “Real stroy”, “Pyaterochka” kabi nomlarni qoʻyishdan muddao nima oʻzi deya oʻylanib qolasiz. Nahotki, oʻzbek tilining lugʻatida nomlash uchun munosib soʻz boʻlmasa? Shuningdek, koʻplab bannerlar, eʼlonlar va peshlavhalardagi imloviy xatoliklar hech kimning eʼtiborini tortgani yoʻq. Mutasaddilar esa faqatgina qogʻozda hisobotlar berish bilan ishlayotganga oʻxshaydi chogʻi. Bu holatga qachongacha tomoshabin boʻlib turamiz?


photo_2020-07-02_16-23-30.jpg

photo_2020-07-02_16-23-31.jpg

Куюнганимиз шуки, ажнабийча номларнинг қўйилиши Фарғона шаҳрида борган сари кўпаймоқда. Реклама ва эълонларнинг аксарияти ҳам рус тилида.

Kuyunganimiz shuki, ajnabiycha nomlarning qoʻyilishi Fargʻona shahrida borgan sari koʻpaymoqda. Reklama va eʼlonlarning aksariyati ham rus tilida.

Ona tili har bir xalqning buyuk qadriyati, shu xalqning bebaho maʼnaviy boyligi, millatning oʻzligini namoyon etuvchi vosita ekan, uning sofligi, barqarorligi uchun kurashish, kelgusi avlodlarga shu bebaho xazinani bekamu koʻst yetkazish muhim vazifadir. Endilikda shu tilni asrab-avaylab, bebaho xazinasidagi duru javohirlarni namoyon etish oʻzbek xalqining burchi boʻlib qolaveradi. Peshtaxtalarda, turli tashkilotlar, idoralardagi yozuvlar, eʼlonlar kimligimizni namoyon qilib turadi va kishilar shunga qarab baho beradi. Shunday ekan, fargʻonalik til himoyachilari koʻchalardagi tushunarsiz yozuv va atamalarga eʼtibor qaratar degan umiddamiz.

photo_2020-07-02_16-23-33.jpg

1 843
M. Sulaymonov, M. Qodirov (surat), OʻzA