O‘zA O`zbek

23.03.2020 Chop etish versiyasi

“Fargʻonaazot” AJ kimyoviy dezinfeksiya mahsulotlarini begʻaraz yordam sifatida taqdim etmoqda

“Fargʻonaazot” AJ kimyoviy dezinfeksiya mahsulotlarini begʻaraz yordam sifatida taqdim etmoqda

Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni yana-da samarali tashkil etishga koʻmaklashish maqsadida “Fargʻonaazot” AJ rahbariyati ham savob ishga qoʻl urdi.

Dezinfeksiya amaliyotida qoʻllaniladigan natriy gipoxlorit mahsulotini Sharqiy harbiy okrugiga, viloyat va Fargʻona shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga, Fargʻona xalqaro aeroportiga, shuningdek, oʻz ishchi-xodimlariga va boshqa bir qator tashkilotlarga begʻaraz taqdim etmoqda.

Natriy gipoxlorit gipoxlor kislotasi tuzi boʻlib, yuqumli kasalliklar oʻchoqlarini zararsizlantirish, shuningdek, maxsus obyektlarni dezinfeksiyalash uchun qoʻllaniladi.

Darvoqe, oddiy foydalanuvchi ushbu kimyoviy dezinfeksiya mahsulotini qoʻllashda noqulaylikga duch kelmasligi uchun tayyor holda, maxsus idishlarda taqdim etilmoqda.

“Fargʻonaazot” AJ Matbuot xizmati.

1 185
OʻzA