Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.09.2017 16:59 Chop etish versiyasi

Farg‘ona tumanida “Shifobaxsh Chimyon” sanatoriyasi foydalanishga topshirildi

Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, fuqarolarning dam olish sharoitlarini yaxshilashga qaratilayotgan doimiy e’tibor kurort-sanatoriy tarmoqlarini yanada kengaytirish, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirishda yuksak samaralar bermoqda. Yangi bunyod etilgan mazkur sanatoriya ham bu yo‘nalishdagi ezgu ishlardan biridir.

Qishloqdagi bo‘sh turgan bino nol qiymatda tadbirkor Abdujalil Mamadiyevga berilib, bu yerga uch milliard so‘mga yaqin investitsiya yo‘naltirildi. Zamonaviy tarzda qurilgan sihatgohda 55 yangi ish o‘rni yaratildi.

Chimyon qishlog‘i Oloy tog‘ tizmasining Qatrontog‘ etaklarida, dengiz sathidan 700 metr balandlikda joylashgan, bahavo tabiati va o‘ziga xos iqlimi bilan ajralib turadi. Bu yerdagi oltingugurtli mineral suv ko‘pgina kasalliklarga shifo bo‘lishi bilan yurtimizda mashhur. Ayni kunlarda bu yerda ko‘plab sihatgohlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur sihatgohning ishga tushishi bilan ular soni yana bittaga ko‘paydi.

Asab tizimi, harakat-tayanch, oshqozon-ichak kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan 74 o‘rinli sihatgohda shifobaxsh suv bilan davolaniladi. Yotoqxona, dam olish, muolaja xonalarida davolanuvchilar uchun barcha sharoit yaratilgan. Muassasa hududining xushmanzaraligi, turli sport maydonchalari dam oluvchilarning vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.

– Bu yerdagi sharoitlarni ko‘rib dilingiz yayraydi, – deydi mehnat faxriysi Husan Qambarov. – Mazkur sihatgoh xalqimiz uchun katta tuhfa bo‘ldi. Ko‘plab yurtdoshlarimiz bu yerda dam olib, sog‘lig‘ini tiklaydi.

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA
635






Все о погоде - Pogoda.uz