O‘zA O`zbek

28.04.2020 Chop etish versiyasi

Fargʻona viloyati da yana 7 nafar yurtdoshimiz shifo topdi

Fargʻona viloyati da yana 7 nafar yurtdoshimiz shifo topdi

Bugun, 28-aprel kuni Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan yana 7 nafar bemor shifo topdi va ular masʼullar ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Prezident boshchiligidagi davlat idoralari, fidoiy tibbiyot xodimlari saʼy-harakati hamda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyasi asosidagi muolajalar tufayli kasallikka chalingan bemorlar kundan kunga sogʻayib, belgilangan tartibdagi karantin muddatidan soʻng oilasi bagʻriga qaytmoqda.

Maʼlumki, yaqinda Fargʻonaga tashrif buyurgan bir guruh xitoylik tibbiyot mutaxassislari viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida boʻlib, bemorlarni davolash usullari yuzasidan fargʻonalik hamkasblari bilan oʻzaro tajriba almashgan edi. Fargʻonalik shifokorlar dunyo tibbiyotining ilgʻor tajribalaridan ham foydalanmoqda.

Tuzalganlarning 2 nafari Toshkent shahridan, 1 nafari Sirdaryo viloyatidan, qolgan 4 nafari Fargʻona viloyati, jumladan 2 nafari Yozyovon tumanidan boʻlgan fuqarolardir.

Eslatib oʻtamiz, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida shu kunga qadar 52 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, bugun ularning soni 59 nafarga yetdi.

Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmati

867
O'zA