O‘zA O`zbek

05.08.2020 Chop etish versiyasi

Fargʻona shahrida 1895-yildan buyon oʻsayotgan noyob daraxt

Fargʻona shahrida 1895-yildan buyon oʻsayotgan noyob daraxt


Fargʻona shahrida oʻsuvchi noyob daraxt – Amerika botqoqlik kiparis daraxti mamlakatimizga, xususan Samarqand va Fargʻona hududlariga 1895-yilda keltirib ekilgan ekan.

Qadimda Fargʻona shahridan oʻtgan Margʻilonsoy atrofida botqoqlik, zax suvlar yerning yuza qismiga yaqin joylashgan. Bu yerlarda namlik meʼyoridan ortiq boʻlgani bois bir qancha botqoqsarvi koʻchatlar chetdan olib kelingan. Bugunda Margʻilonsoy qirgʻogʻida faqat bir tup botqoq kiparisi saqlanib qolgan va u yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan. Daraxt 1895-yildan buyon Margʻilonsoy atrofida meʼyorida oʻsib, rivojlanib keladi.

Botqoq kiparisi (botqoqsarvi) turkumi 2 turga ega boʻlib, ular Shimoliy Amerika, xususan, Meksikada tarqalgan. Ushbu oʻsimlik suvga yaqin botqoqlik va zax joylarda, kislorodi kam boʻlgan tuproqda yaxshi oʻsishga moslashgan. Ushbu daraxtlarning ayrimlari doimiy yashil tusda boʻlsa, ayrimlari ninasimon barglarini qishda toʻkadi. Qubbalari yumaloq, shoxlarining diametri 2 sm, bir yilda yetiladi. Urugʻidan koʻpayadi. Yovvoyi holda boʻyi 40 metrgacha yetib, 500-600, hatto 1000-yilgacha yashaydi. Tana poʻstlogʻi yashash sharoitiga bogʻliq va turli sharoitda turli rangda – toʻq yashil tusdan tilla rang sargʻishgacha, toʻq qizil-jigarrang koʻrinishga ega boʻladi. Ayniqsa, qishda bargsiz holda gʻoyat chiroyli koʻrinadi va kema yelkanini eslatadi.

photo_2020-08-05_11-01-43.jpg

photo_2020-08-05_11-01-52.jpg

photo_2020-08-05_11-01-53.jpg

photo_2020-08-05_11-01-54.jpg


2 004
Muqimjon QODIROV(surat), OʻzA