Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.03.2017 21:15 Chop etish versiyasi

Faol xotin-qizlar tanlovi

Poytaxtimizda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan “Yilning eng faol ayoli” ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichi o‘tkazildi.

Partiyaning "Ayollar qanoti" kengashi raisi Z.Botirova va boshqalar mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, huquq va manfaatlarini ta’minlash, salomatligini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

An’anaviy “Yilning eng faol ayoli” ko‘rik-tanlovi jamiyatda xotin-qizlarning rolini yanada kuchaytirish, partiya safidagi eng faol, tashabbuskor, jamoa va oilada namuna ko‘rsatayotgan ayollarni aniqlash va munosib rag‘batlantirish, ularning tajribasini keng tatbiq qilish maqsadida tashkil etilgan.

Tanlovning tuman, shahar va viloyat bosqichlari ochiqlik, oshkoralik asosida o‘tkazildi. Mamlakat bosqichida 14 ayol qatnashdi.

Ko‘rik-tanlovda ishtirokchi ayollarning bilim va mahorati to‘rt shart asosida sinovdan o‘tkazildi. Tanlov g‘olibini aniqlashda ishtirokchilardagi tashabbuskorlik, dunyoqarashning g‘oyaviy va mafkuraviy jihatdan mustahkamligi, siyosiy madaniyat, umumbashariy, milliy va ijtimoiy qadriyatlarni yaxshi o‘zlashtirganligi, amalga oshirgan loyihalariga ahamiyat qaratildi.

Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra samarqandlik Inobat Hasanova birinchi o‘rinni egalladi. Toshkentlik Adolat Xudoyberganova ikkinchi, sirdaryolik Dilnoz Umurzoqova uchinchi o‘ringa loyiq topildi. G‘oliblar diplom hamda sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
720






Все о погоде - Pogoda.uz