O‘zA O`zbek

01.08.2018 19:33 Chop etish versiyasi

Faol tadbirkor – ijodkor nigohida

Faol tadbirkor – ijodkor nigohida Toshkent viloyati Parkent tumanida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab “Vatanim – obod qo‘rg‘onim” targ‘ibot tadbiri doirasida “Faol tadbirkor – ijodkor nigohida” respublika ijodiy tanlovi taqdimotiga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan muloqotda partiya faollari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Eng ulug‘, eng aziz ayyom – mustaqillik bayrami mamlakatimizda har yili ko‘tarinki ruhda, o‘zgacha shukuh bilan qarshi olinishi, joriy yil ham ushbu bayramga har tomonlama puxta hozirlik ko‘rilayotgani, jumladan, partiya tomonidan qator loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Prezidentimizning 2018 yil 28 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhimdasturilamalbo‘lib xizmat qilmoqda.

Ochiq muloqotda tanlovni o‘tkazish tartibi va muddati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, ijodiy tanlov “Eng yaxshi badiiy asar”, “Eng yaxshi publitsistik asar” hamda “Eng yaxshi video va audiorolik” yo‘nalishlarida o‘tkaziladi. Shuningdek, bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mukofotlar ham ta’sis etilgan. Ijodiy ishlar joriy yil 1 noyabriga qadar qabul qilinadi va g‘oliblar tanlov komissiyasi tomonidan 25 noyabrga qadar aniqlanadi. 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi bayrami arafasida g‘oliblar e’lon qilinadi.

Tadbirda ishtirokchilar va jurnalistlar savollariga tashkilotchilar tomonidan atroflicha javob berildi.

Avaz Xudoyqulov, O‘zA
2 644