Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.08.2017 17:22 Chop etish versiyasi

Xorazmda 2,5 mingdan ortiq xonadon yong‘in profilaktikasi ko‘rigidan o‘tkazildi

Xorazm viloyatidagi “Janubgazqurilish” aksiyadorlik jamiyatida chorshanba – yong‘inlar profilaktikasi kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Mamlakatimizda yong‘in bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, uning oqibatlarini bartaraf etish, inson hayoti va uning mol-mulkini ishonchli himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Prezidentimizning 2017-yil 23-maydagi “Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Ko‘p yillik mehnat evaziga kelgan mol-mulkning yonib kul bo‘lishi uchun birgina e’tiborsizlikning o‘zi kifoya. Buni hamma biladi, lekin... Idora va tashkilotlarda saqlanayotgan hujjatlar nafaqat davlatning, balki o‘sha idora va uning xodimlari, fuqarolarning ham taqdiriga daxldor bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, ayrim insonlarning birgina e’tiborsizligi tufayli yong‘in bilan bog‘liq turli noxush hodisalar sodir bo‘lmoqda.

– Yong‘inlar profilaktikasi kuni mutaxassislar tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan uchrashuv va tadbirlarda bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish, yong‘in sodir bo‘lgandan keyin emas, balki uning oldini olish choralari haqida keng tushunchalar berilmoqda, – deydi Xorazm viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i R.Eshniyozov. – Iyul oyida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda 498 ana shunday targ‘ibot tadbirlari, 2 ming 500 dan ortiq xonadonda tekshirish ishlari o‘tkazildi.

Tadbirda joriy yilning 7 oyida viloyatda sodir bo‘lgan yong‘in bilan bog‘liq holatlar, ularning kelib chiqish sabablari haqida ma’lumot berildi. Soha xodimlari tomonidan favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya jarayoni va harakat qilish tartibi namoyish etildi.

Ahmadjon Shokirov, O‘zA
1 046






Все о погоде - Pogoda.uz