Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.01.2018 17:30 Chop etish versiyasi

Fakt: ayollar aslida zaifa emas

“The Daily Telegraph" gazetasi xabariga ko‘ra Janubiy Daniya universiteti olimlari ayollar hayot uchun xavfli vaziyatlarda erkaklarga qaraganda chidamliroq degan xulosaga keldi.

Tadqiqotchilar tarixiy ma’lumotlarga asoslanib, erkaklar va ayollarning o‘rtacha umr ko‘rish yoshidagi farqni o‘rgangan. Bunda ochlik va turli yuqumli kasalliklar avj olgan davrlar hisobga olingan.

Irlandiyada 1845-1849-yillarda ocharchilik humk surgan. Balo boshida ikkala jins vakillarining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi bir xil - 38 yosh bo‘lsada, orolda kartoshka ekinlari yoppasiga zararlanishi oqibatida ocharchilik avj olib, erkaklarning o‘rtacha umr ko‘rishi 18,17 yoshga tushib ketgan. Ayollarniki esa bu vaqtda 22,4 yosh edi. XIX asrda esa Islandiyada kechgan qizamiq epidemiyasida ayollar erkaklarga qaragandan ikki yil ko‘proq umr ko‘rgan ekan.

Yana bir fakt: hayot uchun xavfli vaziyatlar bo‘lgan davrlarda endi tug‘ilgan qizbola chaqaloqlar o‘g‘ilbola chaqaloqlardan ko‘ra ko‘proq yashab ketgan.

Olimlar xotin-qizlarning biologik afzalligi sababini estrogen garmoniga bog‘lashmoqda. Ayollarda ko‘p bo‘lguvchi bu garmon yallig‘lanishga qarshi kurashish xususiyatiga ega bo‘lib, qon-tomir tizimini me’yorda ushlab turadi. Aksincha erkaklar garmoni testosteron esa yuqumli kasalliklarga omil ekan.

Malohat Husanova, O‘zA
1 114