Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.03.2017 12:16 Chop etish versiyasi

Ezgu ishlar fasli

Ezgu ishlar fasli Navro‘z bayrami oldidan tashkil etilgan umumxalq xayriya hashari Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham erta tongdan boshlandi. 

Hashar jamiyatimizda mehr-oqibat, totuvlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ekologik holatni barqarorlashtirishga xizmat qiladi.

– Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan hasharda 1 million 350 mingdan ziyod kishi ishtirok etadi, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i Xo‘jaboy Yelmuratov. – Ularning 850 mingdan ortig‘i yoshlardir. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda yolg‘iz keksalar, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj oilalar holidan xabar olish, uy-joylarini tozalash, sarishtalashga ko‘maklashish bo‘yicha aksiya o‘tkazish rejalashtirilgan.

Hashar ishtirokchilari har bir xonadon, ko‘cha, xiyobon va mahallada obodonlashtirish ishlarini olib bormoqda.  Navro‘z bayrami tadbirlari o‘tkaziladigan joylar, foydalanishga topshiriladigan yangi imoratlar, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, savdo markazlari atroflarini tartibga keltirish, nihol va gul ekishga e’tibor qaratilgan. Bog‘larda daraxtlarga shakl berilmoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kun davomida 2 ming 454 gektar maydon obodonlashtirilib, 1 ming 113 tonna chiqindidan tozalanadi, 311 ming 800 tupga yaqin mevali, 507 ming 600 tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chati o‘tqazish va turfa gullar ekish rejalashtirilgan. 281 qabristonda obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Bu ishlarga 872 texnika jalb etiladi.

Umumxalq hasharida keksa va nogiron, yolg‘iz yashovchi qariyalar, boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalarning uy-joy sharoitini yaxshilashga ko‘maklashiladi. Bu xayrli yumushlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faollari, keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etmoqda.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
2 183






Все о погоде - Pogoda.uz