O‘zA O`zbek

14.10.2019 Chop etish versiyasi

“Ey turkiy elim, sen o‘zligingga qayt...”

“Ey turkiy elim, sen o‘zligingga qayt...”


“Ey turkiy elim, sen o‘zligingga qayt, o‘zingni angla, shundagina sen yanada yuksalasan!”
Bilga Hoqon (717-734)


Turkiylar qo‘shig‘i


Mashriqdan ot surib chiqar turkiylar,
Bir bobir, bir yovqur, qiyiqko‘z erlar.
Dunyo o‘ziniki bo‘lgan mulkiylar,
Ulug‘ jang oldidan birga-birga derlar:
Yo g‘oziy, yo shahid!

Dovul qoqiladi, boshlanur to‘zon,
Tangrining qahriday uchar kamonlar.
Yog‘iylar loshiga to‘ladi maydon,
Qiyqirib ot solar turkiy alponlar:
Yo g‘oziy, yo shahid!
Yo g‘oziy, yo shahid!

Urho-ur avjida, g‘olib urho-ur,
Mag‘lub yov qochadir: “Yomon turkiylar!”
Olam qizillandi, turkiylar mag‘rur,
Shamolday yeladi hamon turkiylar:
Yo g‘oziy, yo shahid!
Yo g‘oziy, yo shahid!
Yo g‘oziy, yo shahid! 

Turkiy bo‘lolmaydi har kim, bilsangiz,
Turkiylar bo‘lsangiz, turkiyga qayting.
Yitmagan bo‘lsangiz, agar bo‘lsangiz,
G‘oziylarim aytgan qo‘shiqni ayting:
Yo g‘oziy, yo shahid!
Yo g‘oziy, yo shahid!
Yo g‘oziy, yo shahid!
Yo g‘oziy, yo shahid!


Zokir XUDOYShUKUR

1 579
O‘zA