O‘zA O`zbek

29.03.2020 Chop etish versiyasi

Etil spirtidan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari diqqatiga

Etil spirtidan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari diqqatiga

Oʻzbekistonda koronavirus kasalligining oldini olish, unga qarshi kurashish hamda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish boʻyicha muxim tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Fuqarolarning antiseptik vositalariga boʻlgan talabini oshishi hamda ushbu vositalar taqchiligiga yoʻl yoʻlmaslik maqsadida tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarish jarayonlaridan foydanish uchun etil spirti xarid qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelganda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi alkogol va tamaki tartibga solish inspeksiyasining ishonch telefon raqamlariga (tel: (998 71) 244-19-95, 244-07-07) murojaat qilish soʻralmoqda.

Mamlakatimizda etil spirti ishlab chiqarish xajmining barqarorligini hamda ularning narxlarini davlat tomonidan tartibga solingan.

Maʼlumot uchun: Isteʼmol va texnik etil spirti ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyasi boʻlgan korxonalar va etil spirti narxi toʻgʻrisidagi maʼlumot.

photo_2020-03-29_19-02-54.jpg

Isteʼmol etil spirtini alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-iyundagi 474-son qarori bilan tartibga solinadi.

1 033
OʻzA