Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.05.2018 17:28 Chop etish versiyasi

Estetik tarbiya – jamiyat ko‘rki

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti etika va estetika kafedrasi O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan “Jamiyatni isloh etish va modernizatsiyalash jarayonida estetik tarbiyani rivojlantirishning milliy asoslari” mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida asosiy e’tibor barkamol yoshlarni munosib kamolga yetkazishda estetik tarbiyaning o‘rni va ahamiyatiga qaratildi.

O‘zMU O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori D.Jumaboyev va boshqalar estetik tarbiyaning bugungi kunda mamlakatimizda ma’naviy sohani yanada rivojlantirishda tutgan o‘rni, yosh avlodni estetik didli, go‘zallik va nafosatni sevuvchi, yaratuvchanlik kayfiyatida yashovchi etib tarbiyalashda estetik tarbiyani shakllantirishning zarurligi, estetik tarbiyani shakllantirishda tizimli yondashuvning ahamiyatini alohida ta’kidladilar.

Konferensiyada “Estetik qadriyatlarning innovatsion xususiyatlari”, “Estetik tarbiya va uning zamonaviy muammolari”, “Fuqarolik jamiyati rivojida bunyodkorlikning axloqiy-estetik xususiyatlari”, “Estetik tarbiya global muammolar qarshisida”, “Teatr san’atining estetik tarbiyadagi o‘rni”, “Jamiyat ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotida estetik tarbiyaning zaruriyati”, “Antichnыye konsepsii esteticheskoy pedagogiki”, “Animatsiya san’ati – estetik tarbiya vositasi sifatida” mavzularida qilinggan ma’ruzalar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan anjumanda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.

***

Shu kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Ijtimoiy sohani modernizatsiyalash va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Anjuman ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi kafedra mudiri, akademik Saidahror G‘ulomovning “O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirishda intellektual qobiliyat va aqliy ta’limning roli” mavzuidagi ma’ruzasini katta qiziqish bilan tingladilar.

Inobat Ahatova, O‘zA
4 867