O‘zA O`zbek

18.07.2019 19:05 Chop etish versiyasi

Ertaga yurtimizda qanday harorat hukm suradi?

Ertaga yurtimizda qanday harorat hukm suradi?

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 19-iyul kuni Toshkentda havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 25-27, kunduzi 41-43 daraja issiq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-29, kunduzi 40-45 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-29, ayrim joylarda 30-32 darajagacha, kunduzi 40-45 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 38-43 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-29, ayrim joylarda 30-32 darajagacha, kunduzi 40-45 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 37-42 daraja issiq boʻladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22, kunduzi 29-34 daraja issiq boʻladi.

OʻzA
532