O‘zA O`zbek

21.10.2019 Chop etish versiyasi

Ertaga Toshkent shahrining ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha uziladi

Ertaga Toshkent shahrining ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha uziladi

Hududiy elektr tarmoqlari tashkiloti keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

2019-yil 22-oktyabr kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Toshkent shahar Uchtepa tumani “Bekobod” mahallasida, hamda Mirobod tumani “Baynalminal” mahallasida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish boʻladi.

Uchtepa tuman “Bekobod” mahallasida joylashgan 3082-sonli transformator punktida rejali mukammal taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, 177-sonli oʻrta taʼlim maktabida, 550-sonli MTMda, hamda shahar arxiv binosida soat 08:00 dan 17:00 ga qadar elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish boʻladi.

Shuningdek, Mirobod tuman “Baynalminal” mahalla hududiga qarashli 112-sonli transformator punktining 1-seksiyasida rejali mukammal taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, “Ok yoʻl” va 1-tor Oq yoʻl koʻchalaridagi aholi turar joy binolarida elektr energiyasi vaqtinchalik 09:00 dan 17:00 gacha uzilish boʻladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

465
OʻzA