Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

27.10.2017 16:02 Chop etish versiyasi

Ertaga – 28-oktabr kuni mamlakatimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 28-oktabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 10-12, kunduzi 21-23 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat Toshkent viloyatining shimoliy hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 7-12, kunduzi 21-26 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 5-10, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 4-9 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

O‘zA
4 124