Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.11.2017 12:10 Chop etish versiyasi

Ertaga – 15-noyabr kuni mamlakatimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Respublika Gidrometreologiya markazining xabar berishicha, 15-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 3 darajagacha sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi tumanlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

O‘zA
935






Все о погоде - Pogoda.uz