Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.10.2017 12:41 Chop etish versiyasi

Ertaga – 13-oktabr kuni mamlakatimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 13 oktabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 19-24 daraja iliq bo‘ladi.

O‘zA
1 847






Все о погоде - Pogoda.uz