O‘zA O`zbek

22.08.2018 10:48 Chop etish versiyasi

Erkinjon Turdimov: “Tushuntirish berildi”, “o‘rganilyapti”, “jarayonda” degan gaplar kerak emas, murojaat qilgan shaxsning muammosiga yechim topish muhim

Erkinjon Turdimov: “Tushuntirish berildi”, “o‘rganilyapti”, “jarayonda” degan gaplar kerak emas, murojaat qilgan shaxsning muammosiga yechim topish muhim

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov bugun – 22-avgust kuni Samarqand shahar Kimyogarlar qo‘rg‘onida sayyor qabul o‘tkazmoqda.

– Bugun yurtimizda Qurbon hayitining ikkinchi kuni bayram sifatida nishonlanmoqda, – dedi viloyat hokimi. – Ushbu muborak kunlarda odamlarning dardini eshitib, ularning og‘irini yengil qilsak, hal etilmayotgan masalalarga yechim topsak Prezidentimizning “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan gaplarining hayotiy ifodasini ko‘rsatgan bo‘lamiz. Shuning uchun bugun murojaat qilgan har bir fuqaroning masalasi shu yerning o‘zida hal etilishi kerak. “Tushuntirish berildi”, “o‘rganilyapti”, “jarayonda” degan gaplar kerak emas, murojaat qilgan shaxsning muammosiga yechim topish muhim.

Sayyor qabulda hokim bilan birga viloyatdagi boshqarma va idoralar, Samarqand shahridagi sektorlar rahbarlari ham ishtirok etmoqda.

Shuningdek, qabul o‘tkazilayotgan 54-umumta’lim maktabida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham tashkil etilgan. Viloyat rahbari ish so‘rab murojaat qilgan har bir fuqaro bandligini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

G‘.Hasanov, O‘zA
3 060