O‘zA O`zbek

08.07.2020 Chop etish versiyasi

Erkin Bohidov nomidagi shaxmat maktabi

Erkin Bohidov nomidagi shaxmat maktabi

Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Alitepa mahallasida foydalanishga topshirilgan Erkin Vohidov nomidagi shaxmat maktabida 100 ga yaqin oʻquvchi mahorat oshirmoqda.

Tadbirkor Qobiljon Obidov tashabbusi bilan yoshlarning boʻsh vaqtini samarali oʻtkazish maqsadida barpo etilgan sport maskanining loyiha qiymati 4 milliard 300 million soʻmni tashkil etdi. Bu yerda shaxmat hamda voleybol sporti boʻyicha mashgʻulotlar yoʻlga qoʻyilgan.

photo_2020-07-08_13-02-28.jpg

– Maktabga nafaqat tuman, balki viloyat boʻyicha oʻquvchilarni jalb qilishni maqsad qilganmiz, - deydi maktab direktori Najmiddin Umarov.

– Mashgʻulotlar uchun zamonaviy sharoit muhayyo. Shaxmat zalida bir vaqtning oʻzida 100 nafar oʻquvchi mashgʻulotda ishtirok etishi mumkin.

photo_2020-07-08_13-02-35.jpg

Shuningdek, maktab qoshida shaxmat hamda voleybol muzeylari tashkil etilgan boʻlib, u yerda shaxmat va voleybol tarixi, ushbu yoʻnalishda xizmat koʻrsatgan sport ustalari, jahon chempionatlarida ishtirok etgan marhamatlik sportchilar haqida maʼlumotlar, suratlar hamda sohaga oid mingga yaqin kitoblar joy olgan.

Maktab maʼmuriyati oʻquvchilarning karantin qoidalariga amal qilishini qatʼiy nazoratga olgan.

photo_2020-07-08_13-02-25.jpg


3 619
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), OʻzA