O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

06.09.2018 13:03 Chop etish versiyasi

Eng yirik shamol energetika stansiyasi foydalanishga topshirildi

Eng yirik shamol energetika stansiyasi foydalanishga topshirildi


Ushbu stansiya 695 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Angliyaning Kambriya qirgʻoqlarida dunyodagi eng yirik “The Wallney Extension“ (Voln kengliklari) elektr energiyasi ishlab chiqaradigan shamol tegirmonlari foydalanishga topshirildi, deya xabar bermoqda Sky News.

Shamol tegirmonlari Angliyaning Shimoli-gʻarbiy qismidan 20 km. uzoqlikda, Irlandiya dengizida oʻrnatilgan boʻlib, har biri 190 metrni tashkil qiladigan 87 turbinadan tashkil topgan.

Wallney stansiyasi 695 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu oʻrtacha 600 ming uydagi isteʼmolchilarning elektrga boʻlgan ehtiyojini qondirish imkonini beradi.

Maʼlumot uchun, elektr stansiyasining qurilishi 2015 yilda Daniyaning ikki yirik jamgʻarmasi koʻmagida, Daniyaning Orsted firmasi tomonidan boshlangandi.


Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA