O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

12.09.2018 18:49 Chop etish versiyasi

Eng yaxshi tashabbuskorlar tanlovi

Eng yaxshi tashabbuskorlar tanlovi Toshkent tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus – 2018” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 avgustdagi farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan tanlovda 40 ga yaqin tadbirkor, fermer va hunarmandlar “Yilning eng yaxshi tadbirkori” (sanoat va xizmat koʻrsatish yoʻnalishi boʻyicha alohida), “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi fermeri”, “Yilning eng yaxshi hunarmandi” yoʻnalishlari boʻyicha oʻz mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etdi.

Tanlov ishtirokchilarining faoliyati ularning ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish salohiyati, iqtisodiy holati kabi mezonlar boʻyicha hayʼat aʼzolari tomonidan xolisona baholanib, munosib nomzodlar gʻolib, deb eʼlon qilindi. Shuningdek, qator nominatsiyalar boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi.

Maʼlumotlarga koʻra, viloyatda Toshkent tumanidan start olgan tanlovning tuman va shahar bosqichi 23 sentyabrda yakunlanadi. Mazkur bosqichda yoʻnalishlari boʻyicha birinchi oʻringa sazovor boʻlgan tadbirkor, fermer va hunarmandlar joriy yil 12 oktyabr kuni Oʻrta Chirchiq tumanida oʻtkaziladigan tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etadi.

Koʻrik-tanlov yakunida gʻolib va sovrindorlarga maxsus diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Avazbek Xudoyqulov, OʻzA