O‘zA O`zbek

10.08.2018 21:09 Chop etish versiyasi

Eng yaxshi ijodkorlar e’tiborda

Eng yaxshi ijodkorlar e’tiborda Samarqandda “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mustaqilligimizning 27 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tanlov milliy istiqlolimizning mohiyati va ahamiyati, jamiyatimizda, odamlar ongu tafakkurida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni o‘z asarlarida ifoda etayotgan faol shoir-yozuvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, tasviriy san’at namoyandalarini aniqlash va rag‘batlantirishga qaratilgan.

Bu yilgi tanlov “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkazilmoqda. Tanlovning viloyat bosqichida 250 dan ortiq ijodiy ishlar taqdim etildi.

6 (2).JPG

Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari nominatsiyasida Yaxshigul Xidirova, bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining jurnalistik ishlari yo‘nalishida “Samarkandskiy vestnik” gazetasi muxbiri Yormamat Rustamov, televideniye va radio ijodkorlarining eng sara materiallari yo‘nalishida viloyat teleradiokompaniyasi muharriri Dildora Boyniyozova, tasviriy san’at, foto asarlar va dizayn ishlari nominatsiyasida rassom Olga Davidenko g‘olib, deb topildi.

– “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovi Vatanimiz mustaqilligiga bag‘ishlangani bilan ham g‘oyat qadrlidir, – deydi tanlovning uchinchi o‘rin sohibi, “Kattaqo‘rg‘on tongi” gazetasi xodimi J.Nosirov. – Shunday nufuzli tanlovda g‘oliblar qatoridan o‘rin olganimdan faxrlanaman. Bu rag‘batdan ruhlanib, gazetamizda Vatanimiz istiqlolining tarixiy ahamiyati, davlatimiz va xalqimiz hayotidagi o‘rni haqida yanada ko‘proq, dolzarb maqolalar yozishga harakat qilaman.

Tanlov g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat) O‘zA
8 818