O‘zA O`zbek

30.08.2018 15:50 Chop etish versiyasi

Eng ulugʻ, eng aziz qadriyat ijodkorlar nigohida (video)

Eng ulugʻ, eng aziz qadriyat ijodkorlar nigohida (video)
“Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!”

Poytaxtimizda Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan “Eng ulugʻ, eng aziz” anʼanaviy respublika tanlovi gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur ijodiy tanlov tashkiliy qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.Tangriyev va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan madaniyat va sanʼat, adabiyot, ommaviy axborot vositalari, nashriyot hamda matbaachilik rivojiga jiddiy eʼtibor qaratish, bu boradagi mavjud qonunchilikni takomillashtirish, sohaning moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlash, ijod ahlining mashaqqatli mehnatini moddiy va maʼnaviy jihatdan ragʻbatlantirish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh etish borasida misli koʻrilmagan amaliy ishlar olib borilayotganini taʼkidladi.

19.jpg

Anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Eng ulugʻ, eng aziz” respublika tanlovi Oʻzbekistonimizni, istiqlolimizni, uning qadr-qimmati, saodatli neʼmatlarini, tinch va osoyishta kunlarimizni tarannum etuvchi ijod namunalarini xalqimizga tanitishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Joriy yilgi ijodiy loyiha “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgani, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi hamda “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” davlat dasturining maʼno-mazmunini keng targʻib etishga qaratilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Tanlovning respublika bosqichiga 300 nafarga yaqin ijodkordan 2 mingga yaqin ijodiy ish kelib tushdi.


Tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar bosqichlarida2 ming nafardan ortiq ijodkor faol ishtirok etib, 6 avgustdan 16 avgustgacha hududlarda boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimlarida200 nafarga yaqin yozuvchi, shoir, jurnalist, rassom va kinoijodkorlar gʻolib va sovrindorlar sifatida loyiha tashkilotchilari tomonidan taqdirlandi.

– Bugun dolzarb boʻlib turgan koʻpgina masalalar – yoshlar tarbiyasi, maʼnaviyat, oilalar mustahkamligi, jinoyatchilik profilaktikasida mahallalarning oʻrni, taʼsiri beqiyos, – deydi “Mahalla” radiokanali katta muharriri, tanlov gʻolibi Toʻlqin Yorqulov. – Ularni teran tahliliy nazar bilan yoritish jurnalistdan yuqori bilim, katta mahorat talab etadi. Tanlov yanada koʻproq izlanishga, ishga katta masʼuliyat bilan yondashishga undaydi.

Tadbirda gʻolib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.Konsert dasturi namoyish etildi.

N.Usmonova,F.Abdurasulov (surat), OʻzA
2 062