Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.08.2018 16:06 Chop etish versiyasi

“Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi aniqlandi

“Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi aniqlandi
Tanlovda 100 ga yaqin ijodkorning 500 dan ziyod ijodiy ishlari ko‘rib chiqildi.

Farg‘onada “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida tashkil etilgan tanlovda ijodiy tashkilotlar vakillari, shoir-yozuvchilar, tasviriy san’at ustalari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.Tangriyev, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi raisi I.Latipov va boshqalar mamlakatimizda ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib turmush va mehnat sharoiti yaratish, iste’dodini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Tanlovda 100 ga yaqin ijodkorning 500 dan ziyod ijodiy ishlari ko‘rib chiqildi.

Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari nominatsiyasida birinchi o‘rinni Matluba Dehqon qizi qo‘lga kiritdi. Bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining jurnalistik ishlari nominatsiyasida “Rishton haqiqati” gazetasi muharriri Yigitali Zaylobiddinov, teleradio ijodkorlarining eng sara materiallari hamda tasviriy san’at, foto va dizayn nominatsiyalari bo‘yicha viloyat teleradiokompaniyasi direktoriJo‘rabek Mamarasulov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosiAhmadjonA’zamjonov, “Farg‘ona haqiqati” gazetasi fotomuxbiri Sherzod Qoraboyev g‘olib, deb topildi. Qo‘shiqchi va ijrochi san’atkorlarning ijodiy ishlari yo‘nalishida esa xonanda Otabek Mamazoitov birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi Teatr-konsert saroyida bo‘lib o‘tgan tadbir doirasida viloyatda ijod qilayotgan tasviriy san’at ustalarining ko‘rgazmasi hamda kitob yarmarkasi tashkil etildi.

G‘olib va sovrindorlar diplom, esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

M.Sulaymonov, O‘zA
2 684