Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.03.2017 19:07 Chop etish versiyasi

Qarshida eng namunali sardorlar kengashi tanlovi o‘tkazildi

Qarshida eng namunali sardorlar kengashi tanlovi o‘tkazildi Qarshida “Eng namunali sardorlar kengashi” tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Bunda Birinchi Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

– Yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatining muhim yo‘nalishidir, – deydi viloyat “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi N.Nazarova. – Bugungidek tadbirlar sardorlar kengashi a’zolarining yutuq va tajribalarni tahlil qilish, o‘zaro tajriba almashishida qulay imkoniyat yaratadi.

Uch shart bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Kitob tumani sardorlar kengashi a’zolari birinchi o‘rinni egalladi va mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga Muborak va Shahrisabz tumanlari sardorlar kengashlari a’zolari sazovor bo‘ldi.

Tadbir so‘nggida “Birlashib, biz katta kuchmiz!” shiori ostida konsert dasturi namoyish etildi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
1 503






Все о погоде - Pogoda.uz