Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.03.2018 12:05 Chop etish versiyasi

Eng namunali komissiyalar

Andijonda “Fuqarolar yig‘inining Jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha eng namunali komissiyasi” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Andijon viloyati hududiy birlashmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi hamda qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tanlovda 16 nafar komissiya raisi bahslashdi.

– Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda keng jamoatchilik ishtiroki va nazorati muhim o‘rin tutadi, – deydi O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Andijon viloyati hududiy birlashmasi raisi Jahongir Mamadaliyev. – Bu boradagi targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqiy bilimlari, iste’mol madaniyatini yuksaltirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda mazkur tanlov muhim ahamiyat kasb etadi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, Andijon shahridagi “Mash’al” mahalla fuqarolar yig‘inining Jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiyasi raisi Arabboy Abdullajonov g‘olib, deb topildi.

Ikkinchi o‘rin Xo‘jaobod tumanidagi “Beshkaram” mahalla fuqarolar yig‘ini komissiyasi raisi Muhayyo G‘ofurovaga, uchinchi o‘rin Jalaquduq tumanidagi “Hamza” mahalla fuqarolar yig‘ini komissiyasi raisi Iqboljon Tursunovga nasib etdi. Shuningdek, tanlovda turli nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
3 820