O‘zA O`zbek

28.08.2018 17:07 Chop etish versiyasi

Eng ibratli oila

Eng ibratli oila Nukusda “Ibratli oila” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi boʻlib oʻtdi.

Oila institutini mustahkamlash, “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat” gʻoyasini hayotga tatbiq etish, oilalarda maʻnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sogʻlomlashtirishga qaratilgan tanlovning navbatdagi bosqichida 15 oila ishtirok etdi.

Ishtirokchilar mehr-oqibat, qoʻni-qoʻshnilar orasidagi hamjihatlik, farzandlar tarbiyasidagi ibratli ishlari, huquqiy savodxonlik boʻyicha oʻz bilimini namoyish etdi. Oilalarda koʻproq uchraydigan qaynona va kelin mojarosi, turli sabablar oqibatida yuzaga kelgan kelishmovchilik holatlari va ularning oqilona yechimi aks ettirilgan sahna koʻrinishlari hakamlar tomonidan baholab borildi.

Nukus shahridagi Rustem Aybergenovlar oilasi eng ibratli oila sifatida eʻtirof etildi va tanlovning mamlakat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Tanlovda faol ishtirok etgan oilalarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Yesimxon Qanoatov, OʻzA
1 471