Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.04.2018 18:00 Chop etish versiyasi

Eng faol jamoalar aniqlandi

Eng faol jamoalar aniqlandi Qarshida “Yosh chegarachilar” musobaqasining Qashqadaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Kitob tumanidagi 3-akademik litseyning “Qalqon”, Shahrisabz agrosanoat kasb-hunar kollejining “Sohibqiron”, Dehqonobod agrosanoat kasb-hunar kollejining “Lochin”, G‘uzor qurilish va kommunal xizmat ko‘rsatish kollejining “Sohibqiron”, Nishon maishiy xizmat ko‘rsatish kollejining “Yosh harbiylar”, Mirishkor tumanidagi Jeynov xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining “Burgutlar” jamoalari 14 shart asosida bilim va iste’dodini sinovdan o‘tkazdi.

3.jpg

Keskin va murosasiz kechgan bahslarda Nishon maishiy xizmat ko‘rsatish kollejining “Yosh harbiylar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, musobaqaning mamlakat bosqichida qatnashadigan bo‘ldi.

5.jpg

– Bugun g‘alaba qozonish oson bo‘lmadi, – deydi g‘olib jamoa sardori Sanjar Abdullayev. – Boisi, boshqa jamoalar ham juda yaxshi tayyorgarlikka ega ekan. Kollejimizda chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash fani bo‘yicha rahbarimiz Hamroqul Hamzayev yordamida mashg‘ulotlarga puxta tayyorgarlik ko‘rganimiz yutug‘imizni ta’minladi. Aslida shunday bo‘lishi ham kerak. Harbiy doim ham aqlan, ham jismonan tayyor bo‘lishi va har qanday vaziyatga shay turishi darkor. Nasib etsa, musobaqaning mamlakat bosqichida ham munosib ishtirok etamiz.

7.jpg

Tanlov yakunida g‘olib jamoalar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
4 733