O‘zA O`zbek

05.09.2019 Chop etish versiyasi

Eng bilimdon o‘quvchi “STEKLOPLASTIK” tomonidan rag‘batlantiriladi

Eng bilimdon o‘quvchi “STEKLOPLASTIK” tomonidan rag‘batlantiriladi

“Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirlarda Samarqand tumanidagi “STEKLOPLASTIK” korxonasi rahbari, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati O‘.Saidmurodov ham ishtirok etib, o‘quvchilarga kitob va boshqa o‘quv jihozlari sovg‘a qildi.

Mustaqillik darslarida o‘quvchilarga saboq berdi.

Jumladan, Samarqand tumanidagi 46-umumta’lim maktabidagi tadbir chog‘ida O‘.Saidmurodov o‘quvchilarning ilm olish, kitob o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish maqsadida “Eng bilimdon o‘quvchi” va “Eng kitobxon o‘quvchi” tanlovlari o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi. O‘quv yili davomida ikki marta o‘tkaziladigan mazkur tanlovlar g‘oliblariga “STEKLOPLASTIK” korxonasining pul mukofoti va sovg‘alari berilishi ma’lum qilindi.

Bu tashabbus o‘qituvchi va o‘quvchilar, ota-onalar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

2 129
O‘zA