O‘zA O`zbek

07.07.2018 13:21 Chop etish versiyasi

Endilikda banklarda chakana amaliyotlari kassasi tashkil etilishi mumkin

Endilikda banklarda chakana amaliyotlari kassasi tashkil etilishi mumkin
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir Yo‘riqnoma Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu Yo‘riqnoma tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilish tartibini belgilaydi.

Yo‘riqnomaga ko‘ra, endilikda banklarda jismoniy shaxslardan naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish yoki chiqim qilish, shuningdek, ularning bank kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilish hamda valyuta ayirboshlash shoxobchasi va chakana kassa xizmatlarining boshqa turlarini ko‘rsatish uchun chakana amaliyotlari kassasi tashkil etilishi mumkin. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

O‘zA
5 086