Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.05.2018 09:30 Chop etish versiyasi

Endilikda avtomobilini mumkin bo‘lmagan joyda qoldirgan haydovchini qaytishda katta miqdordagi jarima qog‘ozi kutadi

Endilikda avtomobilini mumkin bo‘lmagan joyda qoldirgan haydovchini qaytishda katta miqdordagi jarima qog‘ozi kutadi
Respublikamizda avtotransport vositalarining harakatlanishi kundan-kunga ortib bormoqda. 

Ayniqsa, shahar hududlarida avtomobillar uchun to‘xtash joyining cheklanganligi haydovchilar uchun bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda. Bu hol mamlakatimiz markazi bo‘lgan Toshkent shahrida ham ko‘p bora kuzatilmoqda.

Poytaxt haydovchilarining belgilanmagan joylarda, xususan, avtobus bekatlari, burilish joylari va yo‘laklarda avtotransport vositalarini qoldirib ketish holatlari tez-tez kuzatilmoqda. 

Toshkent shahar YHXB xodimlari belgilanmagan joyda avtomobil qoldirgan haydovchilarni aniqlab, ularga nisbatan jarima qo‘llashni kuchaytirgan. Jarima miqdori esa 516 000 so‘mni tashkil etadi. 

photo5463294475091683533.jpg

Shuningdek, Toshkent shahar YHXB xodimlari haydovchilardan e’tiborliroq bo‘lishni va boshqa haydovchilarni hurmat qilishni so‘ramoqda.

O‘zA
1 946