O‘zA O`zbek

02.08.2018 09:29 Chop etish versiyasi

Endi yeringizni asossiz ravishda hech kim olib qo‘ya olmaydi

Endi yeringizni asossiz ravishda hech kim olib qo‘ya olmaydi

Atrofimizda ba’zan yeri asossiz olib qo‘yilgan yoki imorati nohaq buzilgan shaxslar uchrab turadi. Endilikda Davlatimiz rahbarining kuni kecha e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasida investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida bunday holatlarga chek qo‘yiladi.

Chunki 2018-yil 1-sentyabrdan boshlab davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yerlarni olib qo‘yish haqidagi qarorga faqat yerlari olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan shaxslar bilan ochiq muhokama o‘tkazilib, foyda va xarajatlar baholangandan keyingina yo‘l qo‘yiladi.

Olib qo‘yilayotgan yer uchastkalaridagi imoratlar va inshootlarning buzilishiga ko‘chmas mulkning bozor qiymatini va olib qo‘yish oqibatida mulkdorlarga yetkazilgan zararlarning o‘rni to‘liq qoplangandan keyin yo‘l qo‘yiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organi (mansabdor shaxs)ning qonunga xilof ma’muriy hujjatni chiqarishi natijasida yetkazilgan zarari davlat tomonidan qoplab beriladi.

O‘zA
3 458