O‘zA O`zbek

05.01.2018 16:07 Chop etish versiyasi

Endi Toshkentdan Chimkentga avtobuslar har kuni qatnaydi. Yo‘l haqi qancha?

Endi Toshkentdan Chimkentga avtobuslar har kuni qatnaydi. Yo‘l haqi qancha? Yangi ochilgan yo‘nalish bo‘yicha Chimkentdan Toshkentga kelish uchun kattalarga yo‘lkira narxi 3000-3500 tenge etib belgilandi. Bolalar uchun hali aniq narx belgilanmadi. Bu haqda “Kazinform” xalqaro axborot agentligi xabar qildi.

“Toshkent – Chimkent” yo‘nalishining ilk avtobusi bugun soat 12.20 da (Qozog‘iston vaqti bilan) Chimkentdagi eski avtovokzalga yetib bordi.

49 o‘rinli, qulayliklarga ega “MAN” rusumli avtobus har kuni ikki shahar o‘rtasida soat 6.00-7.00 dan 19.00-20.00 gacha qatnaydi.

Yo‘nalishning umumiy uzunligi 145 kilometrni tashkil etadi. Ushbu masofa uch soatda bosib o‘tiladi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekistonning “G‘isht ko‘prik” bojxona postida mazkur avtobus xizmatidan foydalangan yo‘lovchilar alohida koridor orqali navbatsiz o‘tkaziladi.

O‘zA
11 319