O‘zA O`zbek

22.08.2019 Chop etish versiyasi

Endi navbat Guliston shahriga

Endi navbat Guliston shahriga

“Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, “Toshelectroapparat” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida zamonaviy elektr hisoblagichlarni oʻrnatish ishlari boshlab yuborildi.

Ayni vaqtda Guliston shahrida 25 ming nafardan koʻproq aholi va 3975 ta yuridik isteʼmolchiga oʻttiz mingtadan ziyod hisoblagich oʻrnatilishi belgilangan.

Qayd etish joizki, Prezidentimizning 2018-yil 23-oktyabrda “Elektr energetikasi tarmogʻini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish maqsadida hisoblagichlar isteʼmolchilarga bepul oʻrnatilmoqda.

Oʻrnatilayotgan elektr hisoblagichning ishlashi, undan foydalanish qoidalari va shunga oʻxshagan boshqa koʻpgina maʼlumotlarni aholiga yetkazish uchun maxsus videorolik tayyorlandi va jamiyatning telegramm kanaliga joylashtirildi.

Ayni vaqtda hisoblagichlar oʻrnatishda biror bir anglashilmovchilik yoki tamagirlik holatlari kuzatilayotgan boʻlsa, xabardor boʻlishni istaymiz. Hurmatli isteʼmolchilar, pul talab qilinayotgan yoki manfaatlaringiz kamsitilayotgan boʻlsa, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 71-233-01-28, 78-150-75-64 raqamlariga yoki Telegramʼdagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali orqali ham oʻz murojaatlaringizni yoʻllashingizni soʻraymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

881
OʻzA