Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.09.2018 16:43 Chop etish versiyasi

Endi men ham Oʻzbekiston fuqarosiman!

Endi men ham Oʻzbekiston fuqarosiman!
Namanganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilingan bir guruh yurtdoshlarimizga fuqarolik pasporti tantanali ravishda topshirildi.

Shu munosabat bilan viloyat, shahar va tumanlar hokimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, huquq-tartibot idoralari mutasaddilari, faxriylar, yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida boʻlib oʻtgan marosimda mamlakatimizda inson huquqlari oliy qadriyat sifatida har tomonlama kafolatlanayotgani taʼkidlandi.

– Uzoq yillar oʻz uyimizda begonadek yashadik, – deydi Kosonsoy tumanidan D.Samadova. – Muhtaram Prezidentimizning bagʻrikenglik, insonparvarlik siyosati tufayli biz ham oʻz Vatanimiz, Oʻzbekiston degan katta oilaning haqiqiy aʼzosi boʻldik. Endi baralla “Men Oʻzbekiston fuqarosiman!” deb ayta olaman. Bu kunlarni juda orziqib kutgan edik, yetkazganiga shukr!

1 (1).jpg

Tadbirda viloyatning Kosonsoy, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Yangiqoʻrgʻon kabi tumanlarida istiqomat qilayotgan 25 nafar yurtdoshimizga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti topshirildi.

Marosimda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov soʻzga chiqdi.

A.Sattorov, H.Mamadaliyev (surat), OʻzA
1 525