O‘zA O`zbek

01.08.2018 11:34 Chop etish versiyasi

Endi mashina oynalarini qoraytirib yurishingiz mumkin!

Endi mashina oynalarini qoraytirib yurishingiz mumkin!

2018-yil 1-avgustdan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi norma kuchga kirdi.

Albatta, buning uchun tegishli ruxsatnoma olish zarur.

Shuningdek, bugundan boshlab avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish faoliyati bilan nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar shug‘ullanishi mumkinligiga oid qoida ham kuchga kirdi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qilmoqda.

O‘zA
3 002