O‘zA O`zbek

02.08.2018 09:42 Chop etish versiyasi

Endi Feruz Abilov Oqdaryo tumani hokimi vazifasini bajaradi

Endi Feruz Abilov Oqdaryo tumani hokimi vazifasini bajaradi

1-avgust kuni xalq deputatlari Oqdaryo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.Ismoilov va viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

2016-yil noyabr oyidan buyon Oqdaryo tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Pirmatboy O‘sarov o‘z arizasiga ko‘ra tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.

Shu paytgacha “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati investitsiyalarni jalb qilish, investitsion loyihalarni amalga oshirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Feruz Abilov Oqdaryo tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

G‘.Hasanov, O‘zA
5 552