Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.09.2017 20:17 Chop etish versiyasi

Endi elektron murojaatlar elektron raqamli imzosiz qabul qilinadi

Davlat idoralarining interaktiv xizmatlari nafaqat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, balki aholi o‘rtasida ham tobora ommalashib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan xabar qilishlaricha, bugungi kunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga 300 dan ortiq davlat xizmati ko‘rsatuvchi 600 dan ziyod davlat muassasasi va tashkilotlari ulangan. Ular tomonidan yaratilgan o‘zaro elektron ta’sir mexanizmlari tadbirkorlik faoliyatining deyarli barcha yo‘nalishlari va fuqarolar manfaatlari sohalarini qamrab olgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini elektron rasmiylashtirish, litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar olish jarayoni ishlab chiqildi va joriy qilindi, soliq hisobotlarini elektron shaklda taqdim etish imkoniyati yaratildi. Fuqarolar uchun soliqqa tortish, sug‘urta, sog‘liqni saqlash, davlat idoralariga masofadan turib ariza berish borasida interaktiv xizmatlar ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi "Elektron raqamli imzo to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq, iste’molchilarning shaxsiy ma’lumoti va ular taqdim etayotgan arizalarni himoya qilishni kuchaytirish maqsadida elektron hujjatlar muallifi shaxsini tasdiqlash imkoniyatini beruvchi elektron raqamli imzo (ERI) joriy etilgan edi. Joriy yil 13-sentabrdan davlat idoralariga elektron murojaat yo‘llash uchun ERI talab etilishi bekor qilindi. Mazkur qoida "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonunning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 12-sentabr kuni imzolagan yangi tahririda o‘z aksini topgan.

Bundan tashqari, "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahririga "qayta murojaat" (avvalgi murojaat bo‘yicha qabul qilingan qarordan shikoyat yoki norozilik bildiriladi, murojaat o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmayotgani xaqida xabar qilinadi), "ommaviy qabul" (murojaatlarni ommaviy uchrashuvlar chog‘ida qabul qilish), «videokonferensaloqa», «elektron murojaatlar» (o‘rnatilgan tartibga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali amalga oshirilgan murojaat) kabi yangi tushunchalar kiritilgan.

Davlat idoralariga elektron murojaat yo‘llash uchun ERI talab etilishi bekor qilingani davlat interaktiv xizmatlarining ommalashishi, ularning miqdori va sifati oshishi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali imkoniyatlaridan foydalanuvchi fuqarolar soni ko‘payishiga olib keladi.

Roman Bondarchuk, O‘zA
2 169






Все о погоде - Pogoda.uz