Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.01.2017 19:08 Chop etish versiyasi

«O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25-yil» esdalik nishonlari topshirildi

«O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25-yil» esdalik nishonlari topshirildi Toshkent Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 25-yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Bilim yurti boshlig‘i F.Ortiqov, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari F.Abdurahimova va boshqalar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilgan islohotlar yuksak samaralar berayotgani, bugungi kunda harbiy xizmat nafaqat burch, balki shon-sharaf ishiga, mamlakatimiz hududiy yaxlitligi va xalqimiz osoyishtaligi kafolatiga aylanganini ta’kidladi.

Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashda Toshkent Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti Qurolli Kuchlar safiga har tomonlama yetuk va yuqori malakali ofitser kadrlarni tayyorlash bilan o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Mazkur bilim yurti to‘rtinchi marotaba «Eng ilg‘or oliy harbiy ta’lim muassasasi» tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

Tadbirda bilim yurtining bir qator harbiy xizmatchilariga, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilariga davlatimiz mustaqilligini himoya qilishdek mas’uliyatli va fidokorona xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25-yil» esdalik nishonlari topshirildi.

«O‘zbeknavo» estrada birlashmasi va bilim yurti harbiy orkestri tomonidan konsert namoyish etildi.

Nurillo Nasriyev, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA
1 762






Все о погоде - Pogoda.uz