Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

24.04.2018 10:49 Chop etish versiyasi

Elning dardi bilan kuysagina jon...

Namangan davlat universitetida an’anaviy tasviriy va amaliy san’at festivali bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Namangan viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, san’atshunos olimlar, universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar, faxriylar, tasviriy san’at ixlosmandlari ishtirok etdi.

– Ushbu festival qamrovi tobora kengayib bormoqda, – deydi Namangan davlat universiteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi dotsenti H.Rizayev. – Avvallari faqat tasviriy san’at fakulteti talabalari ishtirok etgan bo‘lsa, bu yil boshqa fakultetlardan havaskor rassomlar, tasviriy san’at ixlosmandlari qatnashmoqda. Hatto Andijon va Farg‘ona davlat universitetlaridan ham yosh ijodkorlar ishtirok etayotir.

Tadbir doirasida tashkil etilgan “Elning dardi bilan kuysagina jon, o‘sha jon egasi haqiqiy inson” deb nomlangan tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmasida Namangan, Andijon, Farg‘ona davlat universitetlari o‘qituvchi va talabalarining 100 dan ziyod ijodiy ishi namoyish etildi.

Professor-o‘qituvchilar va iste’dodli talabalar tomonidan o‘tilgan mahorat darslarida o‘nlab havaskorlar tasviriy san’atning turli janrlari bo‘yicha saboq oldi. Soha faxriylari bilan bo‘lgan ijodiy muloqot yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Eng faol ishtirokchi talabalar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Akramjon Sattorov, O‘zA
2 380