O‘zA O`zbek

03.03.2020 Chop etish versiyasi

Elektropoyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Elektropoyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Qoʻqon temir yoʻl vokzalidan shaharlararo poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Endilikda “Qoʻqon – Margʻilon – Andijon“ yoʻnalishi boʻyicha har kuni ikkitadan elektropoyezd yoʻlovchilarga xizmat qiladi.

Kapital rekonstruksiya ishlaridan soʻng Andijon va Fargʻona viloyati aholisi uchun mazkur elektropoyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Zamonaviy elektropoyezdda yoʻlovchilar uchun barcha sharoit mavjud. Oʻrindiqlar yumshoq, qishda issiq, yozda salqin harorat taʼminlanadi. Monitor oʻrnatilgan boʻlib, yoʻlovchilar manzilga yetgunga qadar konsert dasturlarini tomosha qilib, yangiliklardan ham xabardor boʻlib ketadi.

photo5399840130044374073.jpg

Ertalabki soat 06:22 da Qoʻqon vokzalidan chiqqan poyezd soat 09:03 da Andijon vokzaliga yetib keladi. Masofaning umumiy uzunligi 136 kilometrni tashkil etib, elektropoyezd bu yoʻlni 2 soat-u 45 daqiqada bosib oʻtadi. Shuningdek, tushdan soʻng – 14:50 da ikkinchi poyezd yoʻlga chiqadi.

Poyezd oʻz yoʻlida 9 ta bekatda toʻxtab oʻtadi. Muhimi, chiptalar hamyonbop – Oltiariqqa qadar 3000 soʻm, Quva va Margʻilongacha 5000 soʻm, Qoʻqondan Andijonga esa 7000 soʻmni tashkil etadi.

1 498
M.SULAYMONOV, OʻzA