O‘zA O`zbek

25.08.2018 10:35 Chop etish versiyasi

Elektr taʻminoti korxonasi isteʻmolchi huquqini buzdi

Elektr taʻminoti korxonasi isteʻmolchi huquqini buzdi
Qoʻqon shahar Orzu koʻchasida yashovchi O.Mirzaliyeva tomonidan Isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “1091“ qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qildi.

Murojaatda shahar elektr taʻminoti korxonasida foydalanilgan elektr energiyasi uchun toʻlovni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan tushunmovchilikdan norozi boʻlib, holatga aniqlik kiritilishida amaliy yordam soʻralgandi.

Qoʻqon shahar isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari oʻrganish ishlarini olib borish jarayonida quyidagilar maʻlum boʻldi:

Mazkur xonadon D.Tursunboyeva ismli shaxsga tegishli boʻlib, xonadonda smart kartali yangi elektron hisoblagichdan foydalanib kelingan. Ushbu hisoblagichlar esa faqatgina oldindan toʻlov asosida ishlashi natijasida fuqaroning elektr energiyasi toʻlovlaridan qarzdorligi boʻlmagan. D.Tursunboyeva 2017 yil 16 oktyabrda xonadonni O.Mirzaliyevaga sotgan. O.Mirzaliyeva esa foydalanish jarayonida hisoblagichning maxsus smart kartasini yoʻqotib qoʻygan, buning natijasida u tomonidan shahar elektr taʻminoti korxonasiga toʻlovni amalga oshirish borasida tushunmovchilik yuzaga kelgan. Natijada fuqaro yordam soʻrab “1091“ qisqa raqami orqali murojaat qilgan.

Murojaatni oʻrganish jarayonida yuqoridagi holatlar yuzasidan shahar elektr taʻminoti korxonasidan 2018 yil 10 avgust kunidagi №757/0307-sonli javob xati olinib, unga koʻra murojaatda koʻrsatilgan muammolar toʻliq bartaraf etilgan.

A.Rahimov,
Qoʻqon shahar isteʻmolchilar huquqlarini 
himoya qilish jamiyati mutaxassisi

O`zA
1 794