O‘zA O`zbek

10.12.2019 Chop etish versiyasi

Elchixonalar davlatlar munosabatini yaxshilashga xizmat qilishi lozim

Elchixonalar davlatlar munosabatini yaxshilashga xizmat qilishi lozim

Iroq hukumati Bag‘doddagi norozilik namoyishlari bo‘yicha to‘rtta g‘arb davlatining mamlakatdagi elchilarini muhokamaga chaqirdi.

"RIA Novosti" ning mamlakat Tashqi ishlar mahkamasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra tarqatgan xabarida muhokamaga Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada elchisi va Germaniyaning vakolatli vakili chaqirilgan.

“Iroqdagi namoyishlarda tajovuzlik qilinganiga oid mazkur davlatlarning qo‘shma bayonotiga qarshilik bildiramiz, bu boshqa davlatning ichki ishlariga aralashuv hisoblanadi”, deyiladi mahkama ma’lumotida.

Unda, elchixonalar davlatlar munosabatini yaxshilashga xizmat qilishi lozimligi ta’kidlandi.

1 288
O‘zA