O‘zA O`zbek

30.03.2020 Chop etish versiyasi

EL BOSHIGA ISH TUSHSA: Qandolat mahsulotlari aholi dasturxoniga uzluksiz yetkaziladi

EL BOSHIGA ISH TUSHSA: Qandolat mahsulotlari aholi dasturxoniga uzluksiz yetkaziladi

Bugungi kunda Qandolatchilikni rivojlantirish uyushmasi tarkibida 200 ishlab chiqarish korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan 300 turdan ziyod qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Joriy yilda ishlab chiqarish hajmini ikki barobarga oshirib, 34 million dollarlik mahsulot yetkazishni rejalashtirganmiz.

Toshkent viloyatida oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarning maxsus shaharchasini tashkil qilamiz. Ushbu loyiha uchun 500 million dollarlik investitsiya ajratiladi. Shuningdek, 2019-yilda mamlakatimizda qandolatchilik sohasini yana-da rivojlantirish boʻyicha chetdan 50 million dollarlik investitsiya kiritilgan. Mazkur tashabbus amalga oshirilsa, nafaqat mamlakatimiz, balki qoʻshni va Rossiya, Xitoy davlatlariga ham mahsulot eksporti kengayadi.

Karantin davrida biz ham xalqimizga koʻmakdosh boʻlmoqdamiz. Ijtimoiy tarmoqlarda oziq-ovqat va qandolat mahsulotlari yetishmovchiligi, narxlarning oshirilayotgani haqida aytilayotgan maʼlumotlarga chalgʻimaslik zarur. Uyushmamiz tarkibidagi barcha korxonalar tomonidan aholi isteʼmoli uchun zarur mahsulotlar oʻz vaqtida ishlab chiqarilmoqda. Ularning zaxirasi ham yetarli miqdorda gʻamlangan.

Bahodir Umirshayxov,
Qandolatchilikni rivojlantirish uyushmasi raisi.

993
OʻzA