Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.01.2018 17:18 Chop etish versiyasi

Ekstremistik kuchlar islom dini niqobi ostida qur’on oyatlarini buzib talqin qilmoqda

Ichki ishlar vazirligida IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Qur’oni karimning ba’zi oyatlari tafsiri tushuntirilib, xususan, terrorchi va ekstremistik kuchlar islom dini niqobi ostida Qur’on oyatlarini buzib talqin qilish orqali, o‘z manfaatlari yo‘lida fuqarolarni buzuq e’tiqodga ergashtirayotganliklari aytildi.

Xususan, “Hizbut-tahrir” diniy ekstremistik tashkilot tomonidan Qur’oni karimning “Oli Imron” surasi, 103-oyati noto‘g‘ri talqin qilinib, fuqarolar tomonidan oqimga ergashish, jinoyat sodir etish holatlari sodir bo‘lganligi misol sifatida keltirildi.

Hozirda noto‘g‘ri oqim va yo‘nalishlarga kirib ketuvchi, to‘g‘ri yo‘ldan aldanuvchi fuqarolar asosan migrantlar orasida sodir bo‘layotganligi qayd etildi.

Bu borada diniy vakillar bilan birgalikda profilaktik suhbatlarni uzoq muddat chet elga chiqib kelgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan fuqarolar o‘rtasida tashkil qilish hamda fuqarolarga asl islom dini mohiyatini tushuntirishda diniy ulamolarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini ko‘paytirish zarur.

Nurullo Nasriyev, O‘zA
6 965