Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.01.2018 12:44 Chop etish versiyasi

Ekspert: Toshkentdagi jamoat transportining narxi Moskvadagidan olti barobar arzon

Ekspert: Toshkentdagi jamoat transportining narxi Moskvadagidan olti barobar arzon Ekspert Akmal Abduraimov O‘zbekistonda transportdan foydalanish narxlari boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha past degan fikrda.

Toshkentdagi jamoat transportining narxi Kiyevdagidan 1,3-marta, Pekindagidan - 3,3-marta, Istanbuldagidan – 4,7-marta, Moskvadagidan – 6-marta, Rigadagidan – 8,7-marta, Seuldagidan – 7,3-marta, Venadadagidan – 15,3-marta arzon.

Yoki Toshkent – Termiz – Toshkent (deyarli 700 km) yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta hozirgi paytda 109,4 AQSh dollariga teng bo‘lsa, Qozog‘iston va Rossiyada xuddu shu masofaga uchib borish uchun qariyb 2 barobar (198,10 dollar va 194,6 dollar) Germaniyada 2,2 barobar (219,4 dollar) ko‘proq pul to‘lash kerak bo‘ladi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi parvozlari faqat eng zamonaviy qulayliklarga ega samolyotlarda amalga oshiriladi. Ammo narxlari, ayniqsa ichki yo‘nalishlarda, o‘rtacha dunyo qiymatidan ancha past. Bundan pastroq narxlar faqatgina “loukoster”, ya’ni xizmat darajasi va samolyotlari belgilangan narxlariga mos kompaniyalarda bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston sarhadlarida aviaparvozlar faqatgina eng yuqori xavfsizlik talablariga javob beradigan kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zA muxbiri Shahnoza Mamaturopova yozib oldi
8 898