Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.10.2017 20:39 Chop etish versiyasi

Ekologik ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish – muhim masala

Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish O‘zbekiston Ekologik harakatining dasturiy vazifalaridandir.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va “Tong yulduzi” gazetasi tahririyati bilan hamkorlikda muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Onajonim tabiat!”, “Global iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha eng yaxshi g‘oya” ijodiy tanlovlari o‘quvchilar hamda talabalarning e’tiborini ekologiya masalalariga qaratib, ularni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Harakat tomonidan nashr etilayotgan “Buloqcha” va “Rodnichok” jurnallari yoshlarning ekologik ta’lim-tarbiyasi borasidagi sa’y-harakatlarini birlashtirishga, maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish hamda tabiat va inson uyg‘unligiga erishishga ko‘maklashayotir.

O‘zbekiston Ekologik harakati Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi tomonidan Toshkent davlat agrar universitetida “Yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologik ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirishga ko‘maklashish” mavzuida o‘tkazilgan tadbir ham ezgu maqsadlarda tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Ekoharakat markaziy kengashi, Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi xodimlari, o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda yosh avlodning ekologik va estetik madaniyatini yuksaltirish, tabiat haqidagi bilim va intellektual salohiyatini oshirish, ona tabiat va uning ne’matlariga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan yangi dastur va loyihalarni ishlab chiqish, tizimga tatbiq etish singari masalalar muhokama etildi.

Ekologik ta’lim va tarbiya bugunning dolzarb masalalaridan biri. Har bir insonda o‘zi yashab turgan uy, ko‘cha, mahalla, qishloq va shaharni ifloslanishdan asrash, uni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, tabiiy maskanlarni asl holida saqlash va ulardan unumli foydalanish, yurtimiz tabiatini muhofaza qilish singari fazilatlarni shakllantirish ekologik tarbiyaning ajralmas qismidir.

Tadbirda ta’lim muassasalarida ekologik markazlar, ekologiya klublari tashkil etish, muntazam ravishda ekofestivallar hamda tanlovlar o‘tkazish yaxshi samara berishi qayd etildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
1 820






Все о погоде - Pogoda.uz